“Oltin qoʻllar – mexanizator ayollarning matonatli yoʻli”
"Ayollarni e'zozlash" oyligi
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida “Oltin qoʻllar – mexanizator ayollarning matonatli yoʻli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv kechasi boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbir yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan, ogʻir va mas’uliyatli mehnat yoʻlini bosib oʻtgan mexanizator ayollarimizni e’zozlash, ularning hayotiy tajribalarini yosh avlodga yetkazish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mexanizator onaxonlarimiz — Zulfiya Ibrohimova hamda Bekposhsha Rajabova oʻzlarining mehnat faoliyati, qiyinchiliklarga boy, ammo sharafli yoʻllari haqida samimiy soʻzlab berdilar.
Ular o‘z vaqtida dalalarda erkaklar bilan yelkama-yelka turib mehnat qilgan, texnika boshqarib, hosil yetishtirishda fidoyilik namunasini koʻrsatganlar.
Tadbir iliq taassurotlar, samimiy suhbatlar va ezgu tilaklar hamda yuksak xotiralar bilan bo'lib o'tdi.