“Nurli halqachalar”
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markaziga qarashli 9-sonli ko‘chma kutubxona xodimlari 18-son maktabning 6-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda O‘tkir Hoshimovning “Nurli halqachalar” kitobi yuzasidan kitob konferensiyasi o‘tkazdilar.
O‘tkir Hoshimovning “Nurli halqachalar” asari adibning eng sara hikoyalaridan biri bo‘lib, unda insoniy qadriyatlar va bolalik xotiralari mahorat bilan tasvirlangan. O‘quvchilar bu asarni o‘qib, ona mehrining cheksizligini anglab yetdilar. Tadbir davomida ular o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, kuy-qo‘shiqlar ham ijro etdilar.
Mazkur asar o‘quvchilarni mehr-oqibatli bo‘lishga, ota-onani qadrlashga hamda o‘tgan kunlar xotirasini e’zozlashga chorlaydi.