Tadbirlar

"Millat uyg‘onishi asoschilari"

21.03.2026
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi
24 marta ko'rilgan
Ulashing:
"Millat uyg‘onishi asoschilari"
Asosiy rasm

Xonqa tumani axborot-kutubxona markaziga qarashli 8-sonli ko‘chma kutubxona xodimlari tomonidan yosh kitobxonlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va milliy tariximizga bo‘lgan hurmatni oshirish maqsadida Xonqa tumani yoshla bog'ida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

​"Ma’rifatparvar jadidlar" loyihasi doirasida o‘tkazilgan ushbu uchrashuv "Millat uyg‘onishi asoschilari" mavzusiga bag‘ishlandi.

Yoshlar bo'gida o'tkazilgan ushbu uchrashuvda  yoshlarga XX asr boshlarida Turkiston zaminida yuzaga kelgan jadidchilik harakati, uning mohiyati va ushbu harakatning yetakchilari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Xususan, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi ma’rifatparvarlarning millat ozodligi va ta’lim islohoti yo‘lidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.

​"Jadidlarning asosiy g‘oyasi — millatni jaholatdan qutqarish, ilm va ma’rifat orqali ozodlikka erishish edi. Bugungi yosh avlod ushbu bobolarimizning ma’naviy merosini o‘rganishi nafaqat bilim, balki yuksak vatanparvarlik namunasidir."

 

Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi

Muallif

Axborot Kutubxona Markazi xodimi. Yangiliklar va e'lonlar bo'limi.

Mashhur yangiliklar
Yangiliklarga obuna bo'ling

Eng so'nggi yangiliklar va e'lonlardan xabardor bo'lish uchun obuna bo'ling.