"Ma'rifatli Otinoyilar jamiyatimiz ko'zgusidir"
Xonqa tumani axborot-kutubxona markazida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ma’naviy saviyasini kengaytirish maqsadida 15-fevraldan 15-martga qadar “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida "Ma'rifatli Otinoyilar jamiyatimiz ko'zgusidir" mavzusida zakovat intellektual o'yini tashkil etildi.
Zakovat intellektual o'yinida tumanimiz va boshqa tumanlardan ham otinoyilar ishtirok etishdi.
Bugungi tadbirimiz bilim va tafakkur sinovi bilan birga,ma'naviy uchrashuv hamdir.
O'yinni Xonqa tumani bosh imom xatibi F.Matyoqubov, Diniy ishlar bo'yicha qo'mita hududiy boshqarmasi mutaxassisi M.Masharipova, Viloyatimiz bosh otinoyisi F.Otajonova va kutubxona direktori X.Avezovalar baholab borishdi.
Haqiqattan ham, otinoy-bu nafaqat diniy ta'lim beruvchi ustoz,balki yoshlar qalbiga nur soluvchi,odob va iymon sabog'ini singdiruvchi fidoyi zotdir.
G'olibligni qo'lga kiritgan ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg'alar topshirildi.