Tadbirlar

“Mahalla kutubxonasi — ilm va ma’rifat ko‘prigi”

17.04.2026
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi
69 marta ko'rilgan
Ulashing:
“Mahalla kutubxonasi — ilm va ma’rifat ko‘prigi”
Asosiy rasm

#Kitobsevar_millat
2026-yil 17-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Mahalla kutubxonasi — ilm va ma’rifat ko‘prigi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda mahallalarning yoshlar tarbiyasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. “Mahallalar azaldan ezgu ishlar markazi bo‘lib kelgan bo‘lsa, bugun ular kitobxonlikni keng targ‘ib etishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda”, — deya qayd etdi U. Teshabayeva.
Davra suhbatida soha mutaxassislari xususan O’zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori, senator, taniqli adib va jurnalist Abdusaid  Ko’chimov tomonidan mahalla kutubxonalarining jamiyatdagi o‘rni, ularning ma’naviy muhitni shakllantirishdagi ahamiyati yuzasidan mazmunli ma’ruzalar tinglandi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyat, tuman va shahar axborot-kutubxona markazlari rahbarlari Zoom platformasi orqali onlayn ishtirok etdilar.

Zoom platformasi orqali onlayn tarzda Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etib yosh kutubxona xodimi  G.Vapoyeva  “Mahalla kutubxonasi – kitobxon millatni shakllantirish tayanchi” mavzusida Madir qishlog'i Do'stlik mahallasida tashkil etilgan "Mahalla kutubxonasi" xaqida o'zining taqdimoti bilan yuqori saviyada ishtirok etdi.

 

Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi

Muallif

Axborot Kutubxona Markazi xodimi. Yangiliklar va e'lonlar bo'limi.

Mashhur yangiliklar