Kutubxonada “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi" o'rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 2-bandida hududlar, vazirlik va idoralardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini muntazam o‘rganish va tahlil etish, kerakli nazariy hamda amaliy yordam berib borish vazifasi belgilab qo‘yilgan.
Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda tasdiqlangan reja-jadval asosida o‘rganishlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Xonqa tumani Axborot-kutubxona markaziga ham Respublika Ma'naviyat va marifat markazi mutaxassisi E.Islomov tashrif buyurib kutubxonaning uch yillik ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi direktori X.Avezova ishchi guruh vakilini kutubxona faoliyati va o'lkashunoslik muzeyi bilan yaqindan tanishtirib o'tdilar.