Kulollik maktabi va Rahimberdi ota merosi mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
“Kulollik maktabi va Rahimberdi ota merosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Xonqa tuman markaziy kutubxonasida shu mavzuda ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi vakili, nuroniylar, kutubxona xodimlari yoshlar va Rahimberdi otaning nabirasi ishtirok etdi.
Suhbat maqsadi — Xorazm, ayniqsa Xonqa tumanida kulollik san’atini rivojlantirishga hissa qo‘shgan mohir ustoz Rahimberdi ota (Rahimberdi Matchonov) hayoti va ijodini yodga olish yoshlarni hunar va mehnat qadri bilan tanishtirishdan iborat edi.
Tadbirda “Rahimberdi ota hayoti va ijodi” nomli ko‘rgazma tashkil etilib unda ustoz va shogirdlar suratlari maqolalar kulolchilik namunalari hamda xalq hunarmandchiligi tarixiga oid adabiyotlar namoyish etildi.
Yakunida nuroniylar yoshlarni milliy hunar san’at va mehnatga hurmat ruhida tarbiyalash zarurligini ta’kidladilar. Tadbir iliq muhitda milliy ohanglar ostida yakunlandi. Rahimberdi otaning mehnatsevar hayoti va boy merosi bugun ham yoshlar uchun ibrat bo‘lib qolmoqda.