“Konstitutsiya – Tenglik, Adolat va Taraqqiyot kafolati”
“Konstitutsiya – Tenglik, Adolat va Taraqqiyot kafolati” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan Konstitutsiya va Gender tenglik mavzulari birlashtirilgan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni Axborot-kutubxona markazi direktori Xadicha Avezova ochib, Konstitutsiyamizda belgilangan tenglik, adolat va inson huquqlarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar. Ayniqsa, Konstitutsiyamizda ayollar va erkaklar teng huquqliligi, ularning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotda teng ishtirok etishiga yaratilgan imkoniyatlar alohida ta’kidlandi.
Shundan so‘ng Nuroniylar jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Og‘abek Masharipov so‘zga chiqib, yurtimizda Gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, farzandlarni tenglik ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Tadbir davomida kutubxona xodimi tomonidan “Vatan” va “Ona” she’rlari ifodali tarzda o‘qilib, ishtirokchilarda yuksak ruhiyat uyg‘otdi.
Tadbir yakunida kutubxona xodimi “Gusvand” qo‘shig‘i ostida raqs ijro etib, tadbirga yanada quvonch va ko‘tarinkilik baxsh etdi. Shuningdek, nuroniylarimiz ham Konstitutsiya kuni bilan barchani tabriklab, tinchlik va farovonlik tiladilar.
Tadbir ko‘tarinki ruhda, iliq va samimiy kayfiyatda o‘tdi.