"kitobxon onalar kuni"
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi o'quv zalida har oyning 17-sanasi "kitobxon onalar kuni" munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhabtida mahallalarda istiqomat qiluvchi faol ayollar va ijtimoiy xodimlar ishtirok etishdi.
Kutubxona o'quv zali xodimlari davra suhbati ishtirokchilariga O'zbek adabiyoti namoyondalari asarlaridan ma'lumotlar berib o'tishdi.
Fondlarni to'ldirish, saqlash ularga texnik ishlov berish xizmati mutaxassisi D.Nurullayeva kutubxonaga yangi kelgan adabiyotlar to'g'risida ma'lumot berdilar.
Bundan tashqari📚Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Kitobxon onalar kuni” munosabati hamda “Xon atlas oyligi” doirasida katta madaniy-ma’rifiy tadbir – “Alla – onalar qo‘shig‘i” respublika onlayn festivalini
zoom platformasi orqali kuzatib borishdi.