"Kitobxon ona — kitobxon bola"
📖 Xonqa tumanida "Kitobxon ona — kitobxon bola" loyihasi davom etmoqda
Xonqa tumani axborot-kutubxona markazining tashabbusi bilan, Katta Jirmiz qishlogʻi, Nurobod mahallasidagi 2-sonli koʻchma kutubxonada "Kitobxon ona — kitobxon bola" loyihasi doirasida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirda kutubxona xodimlari mahalla onalari va ayollari bilan "Onalar — kelajagimiz asoschilari" mavzusida samimiy muloqot o'tkazishdi. Suhbat davomida oilada kitobxonlik muhitini yaratishda onalarning oʻrni beqiyos ekanligi, bola qalbiga ezgulik urugʻini sepish va uning dunyoqarashini kengaytirishda onaning xizmati juda kattaligi alohida ta'kidlandi. Onalarga bolalarni kitobga qiziqtirish va ularda mutolaa madaniyatini shakllantirish boʻyicha amaliy maslahatlar berildi.
Tadbir so'ngida kutubxona xodimi bolajonlarga qiziqarli kitoblar oʻqib berdi va ular bilan interaktiv oʻyinlar tashkil etdi, bu esa kichkintoylar qalbida kitobga nisbatan mehr uyg'otdi. 📚✨
#KitobxonOna #KitobxonBola #Mutolaa #Xonqa #Kutubxona #Maorif #TarbiyachiOnalar