“Kitob va mutolaa haftaligi”
Habaringiz bor, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va viloyat,shahar,tuman kutubxonalarida 2025-yil 2-12-sentabr kunlari “Kitob va mutolaa haftaligi” o‘tkaziladi.
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazining Katta Jirmiz qishlog'i Nurobod maxallasida joylashgan 2-sonli ko'chma kutubxonasida “Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida, "Mutolaa zavqli mashg'ulot" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida kitobxonlarning kitob va kitobxonlikka bo'lgan fikrlari o'rganilib ularga o'qishdan bo'sh paytda o'qishlari uchun kitoblar tavsiya qilindi.
✅Shuningdek:
Haftalik doirasida
📌 san’at, madaniyat vakillari bilan uchrashuvlar,
📌 ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, nashriyotlarda yangi chop etilgan kitoblar taqdimoti,
📌 rang barang kitob ko‘rgazmalari,
📌ekskursiyalar tashkil etiladi.
📌 Shuningdek, Vatanimiz Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan haftalik davomida kutubxonaga a'zo bo'lish jarayonida har 34-kitobxonga bepul kutubxona chiptasi taqim etiladi.