Tadbirlar

“Kitob – millat ma’naviyatining mezoni”

24.09.2025
AKT xizmati
27 marta ko'rilgan
Ulashing:
“Kitob – millat ma’naviyatining mezoni”
Asosiy rasm

#Mutolaa_haftaligi

Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari maktabi bilan hamkorlikda “Kitob – millat ma’naviyatining mezoni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 Kutubxona xodimlari hamda yosh kitobxonlar ishtirok etishdi.

Davra suhbat davomida kitobning inson ma’naviyatini yuksaltirishdagi beqiyos o‘rni, yoshlarning dunyoqarashi, tafakkuri va tarbiyasiga ta’siri haqida so‘z yuritildi. 

Ishtirokchilar millatning ma’naviy darajasi avvalo kitobxonlik madaniyati va ilmga bo‘lgan intilishida namoyon bo‘lishi ta’kidlab o‘tishdi.

Shuningdek, kitob insonning ma’rifiy olamini kengaytirishi, unda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishi, Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti uchun xizmat qilishi qayd etildi. 

Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, oilada va jamiyatda kitobxonlik muhitini shakllantirish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

AKT xizmati

Muallif

Axborot Kutubxona Markazi xodimi. Yangiliklar va e'lonlar bo'limi.

Mashhur yangiliklar
Yangiliklarga obuna bo'ling

Eng so'nggi yangiliklar va e'lonlardan xabardor bo'lish uchun obuna bo'ling.