"Kitob – ezgu fazilatlar manbai"
Xonqa tumani Axborot-kutubxona xodimlari "Kitob va mutolaa" haftaligi doirasida "Kitob – ezgu fazilatlar manbai" mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.
Tadbirda Xonqa tumani 42-son umumtaʼlim maktabining 2-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. Suhbat davomida kichik yoshdagi kitobxonlarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, ezgu fazilatlarni shakllantirishdagi ahamiyati, shuningdek, mutolaa madaniyatini yoshligidan shakllantirish zarurligi haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi.
Bolajonlar sevimli ertak va sheʼrlardan parchalar o‘qib berdilar, kitob haqidagi o‘z fikrlarini izhor etdilar. Tadbir jarayonida o‘quvchilarning kitobga mehrini oshirishga qaratilgan turli savol-javoblar, qiziqarli o‘yinlar ham tashkil etildi.
Davra suhbati samimiy ruhda o‘tdi va kichik kitobxonlarda kitobga nisbatan yanada katta qiziqish uyg‘otdi.