“Inson huquqlari – oliy qadriyat”
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markaziga qarashli 8-sonli ko‘chma kutubxona xodimi hamda 39- son maktab Ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari va o'quvchilar bilan “Inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida inson huquq va erkinliklarini e’zozlash, ularni himoya qilish hamda jamiyat hayotidagi o‘rni haqida atroflicha fikr almashildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga inson huquqlari borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Konstitutsiyamizda belgilangan asosiy huquq va burchlar, yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirishning ahamiyati alohida ta’kidlab o‘tildi.
Davra suhbatida o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Inson qadrini ulug‘lash, adolat va tenglik tamoyillarini hayotga tatbiq etish har bir fuqaroning muhim vazifasi ekanligi haqida tushunchalar berildi.