Tadbirlar

“Ilmli ayollar- ziyoli kelajak asosidir”

24.02.2026
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi
27 marta ko'rilgan
Ulashing:
“Ilmli ayollar- ziyoli kelajak asosidir”
Asosiy rasm

Xonqa tuman Axborot kutubxona markazida “Ilmli ayollar- ziyoli kelajak asosidir” mavzusida kitoblar taqdimoti bo`lib o`tdi. 

Tadbirda mutaxassislar tomonidan kitob fondida mavjud har bir o'zbek ayoli mutolaa qilishi lozim bo`lgan oila ma`naviyati va farzand tarbiyasi bo`yicha kitoblar taqdimot qilinib har bir kitob batafsil yoritildi. 

 Kitob taqdimotida ishtirokchilar  hurmatli prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Bir haqiqat ayonki, har qanday xalqning ma’naviy darajasini avvalo, shu yurt ayollarining ma’naviy saviyasi belgilaydi.” deya e`tirof etgan fikrlari hamda so`zga chiqqan nuroniy onaxonlarning  “Ziyoli kelajakni orzu qilgan xalq, avvalo, qizlarini o‘qitishi, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga sharoit yaratishi kerak. Zero, ilmli onaning qo‘lida ulg‘aygan bola kitobga mehr qo‘yadi, ilmga intiladi.” kabi purmano fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Ma’rifatparvar bobomiz Abdurauf Fitrat aytganlaridek: «Onalar — millatning tarbiyachilaridir. Millatning yaxshi bo‘lishi ularning qo‘lidadir».

Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi

Muallif

Axborot Kutubxona Markazi xodimi. Yangiliklar va e'lonlar bo'limi.

Mashhur yangiliklar
Yangiliklarga obuna bo'ling

Eng so'nggi yangiliklar va e'lonlardan xabardor bo'lish uchun obuna bo'ling.