Tadbirlar

“Huquqiy bilim – kelajak poydevori

21.03.2026
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi
28 marta ko'rilgan
Ulashing:
“Huquqiy bilim – kelajak poydevori
Asosiy rasm

Xonqa tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Huquqiy bilim – kelajak poydevori” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida huquqiy bilim va madaniyatni oshirish, ularni o‘z huquq va burchlarini bilishga hamda qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.


Davra suhbatida kutubxona hodimlari tomonidan yosh avlodni huquqiy jihatdan savodli bo‘lishi jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. O‘quvchilarga mamlakatimizda yoshlar huquqlarini himoya qilish, ularning bilim olishi va erkin rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi.


Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar bilan savol-javoblar o‘tkazilib, huquqiy mavzudagi kitoblar va adabiyotlar tavsiya qilindi. Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, huquqiy bilimlarni oshirish kelajakda ongli va mas’uliyatli fuqarolar bo‘lib yetishishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.


Tadbir yakunida yoshlar huquqiy adabiyotlar bilan tanishtirilib, ularni muntazam kitob mutolaasi qilishga chorlandi.

Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi

Muallif

Axborot Kutubxona Markazi xodimi. Yangiliklar va e'lonlar bo'limi.

Mashhur yangiliklar
Yangiliklarga obuna bo'ling

Eng so'nggi yangiliklar va e'lonlardan xabardor bo'lish uchun obuna bo'ling.