“Fidoyi direktorlar” va “Ustozga ehtirom” kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.
“Infolib O‘zbekiston – 2025” haftaligi doirasida Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida “Fidoyi direktorlar” va “Ustozga ehtirom” kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi. Asarlarda ta’lim sohasida fidokorona xizmat qilayotgan rahbar va ustozlarning hayoti hamda mehnati yoritilgan.
Tadbirda kitoblarning mazmuni, yaratilish sabablari haqida ma’lumot berildi. Muallif fikrlari va ta’lim fidoyilariga oid hayotiy misollar ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi.
5-son maktab o‘quvchilari ustozlarga bag‘ishlangan she’rlar va “Lolaqizg‘aldoq” qo‘shig‘i ostida raqs ijro etib, tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar.
Taqdimot davomida direktor va ustozlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. “Nuroniy” jamg‘armasi raisi O. Masharipov ushbu kitoblar ta’lim xodimlari uchun muhim ma’naviy qo‘llanma ekanini ta’kidladi.