“Eng kitobxon oila”
📙 “Eng kitobxon oila” tanlovining Xonqa tumani bosqichi bo'lib o'tdi.
〽️ Joriy yilning 1 - avgust kuni Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida Xonqa tuman xokimligi, Xonqa tumani Nuroniylar kengashi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Xonqa tumani bo'linmasi bilan hamkorlikda “Eng kitobxon oila” tanlovining Xonqa tumani bosqichi bo'lib o'tdi. Unda yosh toifasidan qatiiy nazar kitobxon oilalar ishtirok etishdi.
📌Ko'rik-tanlovni Xonqa tumani xokimi o'rinbosari D.Abdullayev ochib berar ekan, tumanimzda kitobxonlar va kitobxon oilalar safi ko'payayotgani alohida ta'riflab tanlov ishtirokchilariga omad tiladilar.
📚“Eng kitobxon oila” tanlovi 3 ta shartdan iborat bo'ldi.Tanlov ishtirokchilar o'z bilimlarini faol tarzda namoyon qilishdi.
🏛Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi direktori X.Avezova ko'rik-tanlov ishtirokchilarining tanlovda faol ishtirok etishganini aytib o'tdilar.
Tanlov🏆g’oliblari Xonqa tumani xokimligi tomonidan qimmatbaho sovg’alar va diplom bilan taqdirlanadilar.