Diydor shirin
Diydor shirin
Xonqa tumanida 2004-yil 2014-yil davomida diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy masalalar bo’yicha FAOLIYAT YURITGAN maslahatchilarining “Diydor shirin” deb nomlangan uchrashuvi Xonqa tumani Axborot - kutubxona markazida bo'lib o'tdi.
Bundan tashqari Haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari yuzasidan “Siyosiy ma’rifat soati” doirasida navbatdagi “Ma’naviyat soati” ham namoyish etildi.
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi direktori X.Avezova tumanimiz har tomonlama rivojlanishida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan fidoyi insonlar, mehnat faxriylari, keksalik gashtini surayotgan nuroniy onaxonlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Xonqa tumani diniy ishlari bo'yicha tuman hokimi o'rinbosari D.Atajonov ham tumanimizdagi faol ayollarni mehnatlarini alohida qadrlash kerakligi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Diydor shirin. Nuroniy onaxonlar o‘zaro suhbatlashib, fikr almashishdi.
San’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar esa davraga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.