Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy-musiqiy kecha o‘tkazildi.
Xonqa tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda 27-son maktabning 9-“B” sinf o‘quvchilari hamkorligida “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy-musiqiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi rahbari, nuroniy kitobxonlar, kutubxona xodimlari va maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirning maqsadi: adibning hayoti va ijodini yod etish, uning asar, roman va hikoyalarini yosh avlodga tanitishdan iboratdir.
Tadbirda “O‘tkan kunlar” romanidan Zaynab monologi sahnalashtirildi.
Tadbir yakunida nuroniylar hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xonqa tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi Valibek Ro‘zmamatov so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini davra qatnashchilari bilan baham ko‘rishdi.