Yangiliklar

2026-yil O‘zbekistonda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”

06.01.2026
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi
19 marta ko'rilgan
Ulashing:
2026-yil O‘zbekistonda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”
Asosiy rasm

Prezident Oliy Majlis va mamlakat xalqiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim qilmoqda. Shavkat Mirziyoyev yig‘ilganlarga 2026-yilni O‘zbekistonda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilishni taklif qildi.

“Tarix davomida qanday og‘ir sinovlarga duch kelmaylik, biz avvalo birdamlikdan kuch oldik. Mashaqqatli kunlarda odamlarimiz, mahalla ahli yelkadosh bo‘lib qiyinchiliklarni yenggan. Oila – oilaga, qo‘shni – qo‘shniga ko‘mak berib yashagan. Biz mana shunday o‘ta noyob qadriyatimizga doimo sodiq qolishimiz, yosh avlodimizni ayni shu ruhda tarbiyalashimiz kerak.

Bugungi kunda jamiyatimizda turli xil fikr va qarashlar bo‘lishi tabiiy. Bu – demokratiyaning birlamchi talabi. Ammo millati, tili va dinidan qat’i nazar, 38 millionli el-yurtimizni birlashtiradigan ulug‘ bir g‘oya bor. U ham bo‘lsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir.

Mana shunday buyuk maqsadga erishishda mahalla tizimining o‘rni va ta’siri beqiyos. Chunki mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi”, – dedi prezident.

Yuqorida qayd etilganlarning barchasini hisobga olgan holda, davlat rahbari 2026-yilni O‘zbekistonda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilishni taklif qildi.

Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi

Muallif

Axborot Kutubxona Markazi xodimi. Yangiliklar va e'lonlar bo'limi.

Mashhur yangiliklar
Yangiliklarga obuna bo'ling

Eng so'nggi yangiliklar va e'lonlardan xabardor bo'lish uchun obuna bo'ling.